Asosiy qismga oʻtish

Yordam

Koʻp beriladigan savollar

Umumiy

eSIM nima va oddiy SIMʼdan farqi nimada?

eSIM — telefonga oʻrnatilgan raqamli SIM. Plastik karta kerak emas: paketni onlayn sotib olib, QR-kod orqali bir daqiqada faollashtirasiz. Asosiy SIMʼingiz ham yoqiq qoladi.

Paket qachon faollashadi?

Koʻpchilik tariflarda paket siz manzil mamlakatida tarmoqqa ulanganingizda faollashadi. Yaʼni oldindan oʻrnatib qoʻysangiz ham, muddat safar boshlangunga qadar sanalmaydi.

Bitta eSIMʼni bir necha marta ishlatsam boʻladimi?

Ha. Paket tugagach, oʻsha eSIM profilini oʻchirmasdan hisobingiz orqali toʻldirasiz yoki yangi paket ulaysiz.

Roʻyxatdan oʻtish shartmi?

Xarid uchun shart emas. Lekin hisobga kirsangiz — buyurtmalar tarixi, sarflov nazorati va bir tegishda toʻldirish imkoniyati ochiladi.

Oʻrnatish

QR-kodni qayerdan olaman?

Toʻlovdan soʻng QR-kod darhol Buyurtmalar boʻlimida va elektron pochtangizda paydo boʻladi.

QR-kodsiz oʻrnatsa boʻladimi?

Ha. iOS 17.4 va yangi versiyalarda «Tezkor oʻrnatish» tugmasi bor, shuningdek SM-DP+ manzili va faollashtirish kodini qoʻlda kiritish mumkin.

eSIM profilini oʻchirib yubordim, tiklab boʻladimi?

Afsuski yoʻq — profil bir marta oʻrnatiladi. Shuning uchun oʻchirishdan oldin yordam markaziga murojaat qiling.

Oʻrnatish uchun internet kerakmi?

Ha, profilni yuklab olish uchun barqaror Wi-Fi yoki mobil internet kerak. Manzilga uchishdan oldin uyda oʻrnatib qoʻyish qulay.

Internet

Internetni boshqa qurilmaga ulashsam boʻladimi?

Ha, hotspot (modem rejimi) barcha tariflarimizda ishlaydi.

Tezlik qanday boʻladi?

4G/5G — mamlakatdagi qamrovga va telefoningiz imkoniyatiga bogʻliq. Biz har bir davlatda premium mahalliy operatorlarga ulaymiz.

Qoʻngʻiroq va SMS bormi?

Koʻpchilik tariflarda faqat mobil internet. Telegram, WhatsApp va FaceTime orqali qoʻngʻiroqlar bemalol ishlaydi.

Trafik tugasa nima boʻladi?

Internet toʻxtaydi, lekin profil qoladi. Hisobingizdan bir tegishda toʻldirasiz — qayta oʻrnatish shart emas.

Toʻlov

Qanday toʻlov usullari bor?

Sizga mavjud usullar toʻlov sahifasida koʻrsatiladi. Humo yoki Uzcard bank kartasi kartaga bogʻlangan telefon raqamiga kelgan bir martalik SMS kod bilan tasdiqlanadi.

Pulni qaytarish mumkinmi?

eSIM ishlatilmagan boʻlsa — pul toʻliq qaytariladi. eSIM ishlatila boshlangan boʻlsa — pul qaytarilmaydi. «Ishlatila boshlangan» degani: eSIM profili qurilmaga oʻrnatilgan va tarmoqqa ulangan, yaʼni paket boʻyicha internet sarflana boshlagan.

Narxlar qaysi valyutada?

Barcha narxlar Oʻzbekiston Respublikasi soʻmida (UZS) koʻrsatiladi va toʻlov soʻmda amalga oshiriladi. Toʻlov summasi buyurtma rasmiylashtirilayotganda ekranda koʻrsatiladi; qoʻshimcha yoki yashirin toʻlovlar yoʻq.

Qurilma mosligi

Eng ishonchli tekshiruv — telefonning oʻzidan.

Qurilmaning oʻzida qanday tekshiriladi

  • Telefon terish oynasida *#06# — roʻyxatda EID raqami chiqsa, qurilma mos
  • Sozlamalar → Mobil aloqa → «eSIM qoʻshish» bandi mavjudligi
  • Telefon operator tomonidan bloklanmagan (unlocked) boʻlishi
  • Tizim soʻnggi versiyaga yangilangan boʻlishi

iPhone / iPad

  • iPhone XS · XS Max · XR
  • iPhone 11 / 12 / 13 / 14 / 15 / 16 barcha modellar
  • iPhone SE (2020, 2022)
  • iPad Pro 11" (2018+) · iPad Air (3-avlod+) · iPad mini (5+)

Android

  • Samsung Galaxy S20 · S21 · S22 · S23 · S24 seriyasi
  • Samsung Galaxy Z Fold va Z Flip barcha avlodlar
  • Google Pixel 3 va undan yangi barcha modellar
  • Xiaomi 12T Pro · 13 · 14
  • Huawei P40 · P40 Pro · Mate 40 Pro
  • Oppo Find X3 Pro · Find X5 · Reno 11, Motorola Razr (2019+)

Qoʻllab-quvvatlanmaydi

  • iPhone 8 va undan eski modellar
  • Xitoy bozori uchun iPhone (mainland China variantlari)
  • Operator tomonidan bloklangan (locked) telefonlar
  • Galaxy S20 FE va Note 20 (AQSH varianti)

eSIM bor, lekin baribir ishlamasligi mumkin

Operatorga bogʻlangan (locked) telefon AQSH yoki Yevropa operatoridan shartnoma bilan olingan telefon boshqa operatorning eSIM profilini qabul qilmaydi — qurilmada eSIM boʻlsa ham. Telefonni sotgan operatordan unlock soʻrang va shundan keyin sotib oling.

Jailbreak yoki root qilingan qurilma Jailbreak qilingan iPhone va root qilingan Androidʼda eSIM profili oʻrnatilmasligi, oʻrnatilgandan keyin oʻchib ketishi yoki tarmoqqa ulanmasligi mumkin. eSIM ishlatilmagan boʻlsa, pul toʻliq qaytariladi; eSIM ishlatila boshlangan boʻlsa, pul qaytarilmaydi.

Xitoy yoki AQSH bozori uchun variant Bir xil model nomi ostida turli bozorlar uchun turli qurilmalar chiqadi: materik Xitoy variantlarida eSIM oʻrniga ikkinchi jismoniy SIM uyasi boʻladi, ayrim AQSH operator variantlarida esa eSIM oʻchirilgan. Ishonchingiz komil boʻlmasa, *#06# bilan tekshiring.