Asosiy qismga oʻtish

Maxfiylik siyosati

Yangilangan: 2026-11-09

Qanday maʼlumot yigʻamiz, nima uchun, kimga beramiz va qancha saqlaymiz.

Biz kimmiz

FlyeSIM xizmatini App Storeʼdagi ilova uchun LEADER DRIVE MCHJ, Google Playʼdagi ilova uchun ITTECH LABS yuritadi. ITTECH LABS sayt, mini ilovalar va Telegram botni ham yuritadi. Har biri oʻzi chiqargan xizmat orqali qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlar operatori hisoblanadi. Aloqa: support@flyesim.uz.

Qanday maʼlumot yigʻamiz

Hisob: telefon raqamingiz, email kodi bilan kirsangiz — email manzilingiz. Boshqa xizmat (toʻlov ilovasi, Google, Telegram yoki hamkor ilovasi) orqali kirsangiz — u bizga beradigan ism, telefon, email va hisob identifikatori. Buyurtmalar: paket, narx, toʻlov holati, eSIM identifikatori (ICCID) va oʻrnatish maʼlumotlari. Texnik: IP manzil, qurilma va brauzer turi — xavfsizlik va xatolik loglarida. Ilova kirish maʼlumotini qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlaydi. U joylashuv, kontaktlar va reklama identifikatoridan foydalanmaydi va reklama koʻrsatmaydi.

Karta maʼlumotlari

Karta raqami va SMS kod toʻlov provayderiga yuboriladi va bizda hech qachon saqlanmaydi. Kartani keyingi safar uchun saqlasangiz, provayder bergan xavfsiz identifikator va kartaning yashirilgan raqamini saqlaymiz, masalan 986013******8669.

Nima uchun foydalanamiz

eSIM yaratish va yetkazish, hisobga kirish va uni himoya qilish, toʻlovni qabul qilish va qaytarish, murojaatlaringizga javob berish hamda qonun talab qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish uchun. Shaxsiy maʼlumotlarni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.

Kimga beriladi

Har biriga faqat keraklisi: eSIM provayderi (EsimAccess) buyurtmani ism va telefonsiz oladi; toʻlovda siz tanlagan toʻlov provayderi va toʻlov shlyuzimiz toʻlov maʼlumotlarini oladi; SMS provayderi (Eskiz) telefon raqamingiz va kirish kodini oladi; email provayderi (Resend) email manzilingiz va kirish kodini oladi; Google orqali kirsangiz, Google kirish soʻrovini oladi; xodimlarimiz har bir sotuv haqida ichki chatda ismingiz, telefoningiz va buyurtma raqami bilan xabar oladi; havolasi orqali kelgan agentingiz buyurtmani ismingiz va telefoningizsiz koʻradi; hosting provayderimiz maʼlumotlarni serverlarimizda saqlaydi.

Cookie va analitika

Ilovada analitika va kuzatuv yoʻq. Sayt undan qanday foydalanilishini Google Analytics va PostHog yordamida oʻlchaydi. Zarur saqlash hisobga kirganingizni va tilni eslab qoladi.

Saqlash muddati

Kirish kodlari muddati tugaganidan 30 kun keyin oʻchiriladi. Xavfsizlik va soʻrov loglari — 90 kungacha, xatolik loglari — 31 kungacha saqlanadi. Hisobni oʻchirgach, uni 7 kun ichida qaytarish mumkin; shundan soʻng ismingiz, telefoningiz, emailingiz va bogʻlangan kirish usullaringiz oʻchiriladi. Buyurtma va toʻlov yozuvlari buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilganicha, ism va aloqa maʼlumotlarisiz saqlanadi. Sotuv xabarlari xodimlarning ichki chatida qoladi.

Sizning huquqlaringiz

Buyurtma va eSIMʼlaringizni ilovada koʻrishingiz, hisobni ilova profilida yoki saytimizdagi hisobni oʻchirish sahifasida oʻchirishingiz, maʼlumotlaringiz nusxasini yoki tuzatilishini support@flyesim.uz orqali soʻrashingiz mumkin; bir oy ichida javob beramiz. Siyosat oʻzgarsa, yangi tahriri shu yerda sanasi bilan eʼlon qilinadi.